“Vatanparvarlik karvoni” bolajonlar huzurida
FOTOREPORTAJ
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlarda vatanparvarlik, mardlik tuyg‘ularini yuksaltirish borasida yurtimizda qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
Yoshlarni ma’nan yetuk, jismonan barkamol ulg‘aytirish kabi ezgu niyatlarni maqsad qilgan “Vatanparvarlik karvoni”ning navbatdagi harbiy-vatanparvarlik festivali Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanidagi 125-ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar internatida “Milliy armiyamiz yoshlar nigohida” shiori ostida tashkil etildi.
[gallery-14303]
Festival Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti o‘quv va sport texnikalari, harbiy orkestrdan iborat “Vatanparvarlik karvoni”ning namoyishi bilan boshlandi.
Xayraobod garnizonining harbiy orkestr jamoasi Vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlari bilan festivalga ko‘tarinkilik bag‘ishlagan bo‘lsa, zamonaviy harbiy texnika va qurollar ko‘rgazmasi, shuningdek, faxriy qorovul shaxsiy tarkibining ko‘rgazmali chiqishlari va qo‘l jangi san’atidan namunalar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir doirasida harbiy xizmatchilar bolajonlar uchun esdalik sovg‘alarini taqdim etdi, harbiy oshpazlar tomonidan osh damlanib, bayram dasturxoni tashkil etildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA