VATAN XIMOYACHILARI SHARAFLANDI
Jizzax viloyatida Vatan himoyachilari kuni va mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 29 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Bayram Jizzax shahridagi Xotira xiyobonida Ikkinchi jahon urushidagi buyuk jasorati yodga olinib, xurmat bajo keltirish bilan boshlandi. Viloyat, shahar xokimligi, viloyat mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmasi, markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, harbiy qismlar, Yoshlar ittifoqi va boshqa davlat hamda jamoat tashkilotlari nomidan Xotira xiyobonidagi Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.
So‘ng Jizzax garnizoni, Milliy gvardiya, ichki ishlar harbiy qismlarining bayram sharafiga saf yurishi bo‘lib o‘tdi.
Bayram tadbirlari viloyat hokimligining majmualar saroyida davom ettirildi. Tadbirda viloyat hokimi Ergash Soliyev Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigini o‘qib eshttirdi.
[gallery-792]
Mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning mudofaa qudrati va harbiy-texnik salohiyatini yuksaltirish, davlat xavfsizligi va chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlash, professional milliy armiyani shakllantirish va nufuzini oshirishdagi katta xizmatlari, jamiyatda tinchlik-osoyishtalik hamda jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi samarali mehnati uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanganlar qatorida bir gurux jizzaxlik harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ham bor.
Tadbirda viloyat hokimi mukofotlarni egalariga topshirdi.
Bayram taniqli estrada honandalari va harbiy san’atkorlarning katta konserti bilan davom etdi.
T.BEKNAZAROV.
J.YORBEKOV (suratlar).