“Vatan taraqqiyotiga mening hissam”
Buxoroda “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovning asosiy maqsadi mamlakatimizning barcha hududlarida ilm-fan, san’at va madaniyat, axborot texnologiyalari, badiiy ijod, arxitektura va dizayn, tadbirkorlik va hunarmandchilik kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan va yuqori natijalarga erishayotgan iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni munosib rag‘batlantirishdir. Shuningdek, iste’dodli va tashabbuskor yoshlarning ushbu sohalardagi salohiyatini namoyon qilishi, yuqori natijalarni qo‘lga kiritishi, yangi tashabbuslar bilan chiqishi uchun qulay shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, munosib daromad olishi uchun yangicha fikrlash va yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishini ta’minlashdan iborat.
[gallery-14738]
Ishtirokchilar “Tasviriy va amaliy san’at”, “Adabiyot va publitsistika”, “Milliy maqom va milliy estrada” yo‘nalishlarida g‘oliblik uchun bahslashdi.
Hakamlar hay’ati ishtirokchilarni munosib baholab bordi.
Tadbirda faol ishtirok etgan va turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarga qimmatbaho sovg‘a va diplomlar, kitoblar topshirildi.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov(surat),
O‘zA muxbirlari