Vatan himoyachilari kuniga “uloq-ko‘pkari” (+video)
Uloq-ko‘pkari – jasorat va mardlik maydoni. 14 yanvar — «Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida “Chavandozlar maktabi”, Milliy gvardiya, Ichki ishlar boshqarmasi hamda Chegara qo‘shinlari chavandozlari ishtirokida «Viloyat hokimi kubogi» uchun “Uloq-ko‘pkari” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Maqsad xalqimiz milliy o‘yinlarining bardavomligini saqlab qolish va uni rivojlantirish, kelganlarga bayram kayfiyatini ulashishdir. Chunki, bu sport turi yigitlarimizni nafaqat jismonan chiniqtiradi balki qadimiy, boy madaniy merosimizning bir bo‘lagi ham hisoblanadi. Mardlik, jasorat va matonatni toblab kelgan uloq-ko‘pkari insonlarga zavq berishdan tashqari sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladi.
Murosasiz baxslarda uchinchi o‘rin Ichki ishlar jamoasiga, ikkinchi o‘rin Milliy gvardiya va birinchi o‘ringa Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari sazovor bo‘lishdi. G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
[gallery-21252]
Musobaqa doirasida, homiy tashkilotlar tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj 34 nafar oila farzandlarining sunnat to‘yi ham o‘tkazib berildi. Tadbir doirasida Milliy gvardiya bo‘linmalarining bayramga atalgan ko‘rgazmali chiqishlari, yoshlar o‘rtasida sportning kamondan o‘q otish turi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/aIdiIigzxfY" title="Vatan himoyachilari kuniga “uloq-ko‘pkari”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Shahriyor Ortiqboyev, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA