Uzumzor, ziplayn va ötovlar: Parkent toğlaridagi yangi dam oliş maskaniga sayohat
Toşkent viloyati turizm salohiyati yuqori hududlardan biri hisoblanadi. Sönggi yillarda mavjud imkoniyatlarni iqtisodiy daromadga aylantiriş va sayyohlar uçun qulay infratuzilma yaratiş borasida salmoqli işlar amalga oşirilmoqda. Ayniqsa, toğli hududlarning betakror tabiati hamda qulay iqlim şaroitidan samarali foydalaniş maqsadida zamonaviy dam oliş maskanlari barpo etilmoqda.
Parkent tumanining Kumuşkon mahallasidagi “Silver Valley” oilaviy dam oliş majmuasi ana şunday istiqbolli loyihalardan biridir. Tabiat qöynida oilaviy hordiq çiqariş uçun zamonaviy şaroitlarga ega mazkur majmua Prezidentimizning joriy yil 30-apreldagi “Hududlarda turizm infratuzilmasini jadal rivojlantiriş va sohada loyiha boşqaruvi tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida taşkil etilgan.
Davlatimiz rahbari 20-noyabr kuni Parkent tumaniga taşrifi davomida “Silver Valley” majmuasida bölib, bu yerda yaratilgan şaroitlar bilan yaqindan tanişdi.
– “Kumuş vodiy” maʼnosini anglatuvçi “Silver Valley” dam oliş maskani Qizilnura toğlari etaklarida, dengiz sathidan 1350 metr balandlikda joylaşgan. Umumiy maydoni 30 gektar bölgan hududda törtta asosiy yönaliş – agroturizm, ekoturizm, ekstremal va içki turizm qamrab olingan, – deydi majmua taʼsisçisi Kozim Niyozov. – Agroturizmni rivojlantiriş maqsadida bu yerda 15 dan ortiq turdagi mevali daraxtlar ekildi. Şuningdek, Parkentning maşhur uzumçilik anʼanalarini davom ettirgan holda tört gektar maydonda uzumzor barpo qilindi. Bu sayyohlarga turli navdagi uzum, olma va dölanalardan bevosita tatib köriş imkonini beradi.

Tadbirkorning taʼkidlaşiça, majmuada bolalar uçun poliz ekinlari yetiştiriladigan maxsus maydonlar, ekstremal turizm işqibozlari uçun esa barça zarur şaroitlar muhayyo qilingan. Bundan taşqari, tabiiy manzaraga uyğun tarzda qurilgan hammomlar va oilaviy dam oliş uçun boşqa qulayliklar mavjud. Bularning barçasi yurtimizda turizm salohiyatini yuksaltiriş va hududlar imkoniyatidan oqilona foydalanişga qaratilayotgan yuksak eʼtibor samarasidir.
Mehmonlarni qabul qiliş va ularga sifatli xizmat körsatiş uçun majmuada keng infratuzilma yaratilgan. Jumladan, 120 örinli 12 ta şale uslubidagi uy, zamonaviy qabul binosi, 300 örinli restoran, 200 öringa möljallangan 12 ta ötov-restoran, 100 örinli terrasa-kafe hamda törtta SPA markazi faoliyat yuritmoqda.
Sayyohlarning mazmunli hordiq çiqarişi uçun tafakkur yölagi, vorkaut zonalari, ziplayn va tyubing attraksionlari, yozgi kinoteatr hamda 10 ta attraksiondan iborat köngiloçar maydon taşkil etilgan. Majmua töliq quvvat bilan işga tuşgaç, kuniga 2,7 ming nafargaça mehmonni qabul qiliş imkoniyatiga ega böladi.
Yangi turistik maskanlar va transport infratuzilmasining rivojlanişi mahalliy aholi uçun ham qator qulayliklar yaratmoqda.
– Parkentda şunday fayzli dam oliş maskanlari oçilayotgani, yöllar ravonlaşib, transport imkoniyatlari kengayayotgani barçamizni mamnun qiladi, – deydi nuroniy otaxon Töramirzo Oripov. – Sönggi beş-olti yilda yuz bergan özgarişlarni körib, kişining dili yayraydi. Ilgari Parkentda temir yöl yöq edi, bugun esa sayyohlarning kelib-ketişi va dam olişi uçun barça şaroit muhayyo. Şunga öxşaş körkam maskanlar yurtimizning boşqa hududlarida ham qad rostlamoqda. Prezidentimiz taşabbusi bilan inson qadrini uluğlaş yölida olib borilayotgan bunday islohotlar mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qilmoqda. Keksalari eʼzozlangan, yoşlari qadrlangan yurtda bunday bunyodkorlik işlari bardavom bölaveradi.
Darhaqiqat, Parkentda turizm infratuzilmasining kengayişi hududning sayyohlik jozibadorligini oşiriş barobarida, mahalliy iqtisodiyotni rivojlantiriş uçun ham yangi ufqlar oçmoqda. Bu esa, öz navbatida, sayyohlar oqimini köpaytiriş, xizmat körsatiş sohasini kengaytiriş, tadbirkorlikni rağbatlantiriş va aholi bandligini taʼminlaşda muhim omil bölmoqda.
Raqamlarga murojaat qiladigan bölsak, joriy yilning ötgan davrida Parkent tumaniga 198,2 ming nafar xorijiy va 1,4 million nafar mahalliy sayyoh taşrif buyurgan. Turizm xizmatlari eksporti esa 81,1 million dollarga yetgan. Uşbu körsatkiçlar tuman iqtisodiyotida turizmning uluşi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi. Endilikda asosiy vazifa mavjud salohiyatdan yanada samarali foydalaniş, xizmatlar sifatini yuksaltiriş va sayyohlar oqimining ösişini aholi farovonligiga yönaltirişdan iborat.
Videosi quyida:
Abdulaziz RUSTAMOV,
Yoqubjon MELIBOYEV (video),
ÖzA