Uzoq umr ko‘rishda ayollar yetakchi-mi?
Uzoq umr ko‘rishda ayollar yetakchi ekan – 41 nafar.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Samarqand viloyati boshqarmasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, 2019 yil 1 oktabr holatida Samarqandda 100 yoshdan oshgan pensiya va nafaqa oluvchilar 53 nafarni tashkil etadi. Uzoq umr ko‘rishda ayollar yetakchi ekan – 41 nafar.
Yoshi asrdan oshgan piru badavlat nuroniylar Urgut(8 nafar), Kattaqo‘rg‘on (7 nafar) va Payariq (6 nafar) tumanlarida boshqa hududlarga nisbatan ko‘p bo‘lsa, Samarqand tumanida bir nafar onaxon hayot kechirmoqda.
Samarqand shahar Mir Said Baraka mahallasida yashovchi Maryam Do‘stmetova yaqinda ushbu qutlug‘ yoshga to‘ldi. Ikki asrga guvoh onaxonni Samarqand shahar hokimligi, “Nuroniy” jamg‘armasi faollari qutlab, esdalik sovg‘alari topshirdi.
– Uzoq umr ko‘rishning siri halol-pok yashash, vijdonga va kasbga xiyonat qilmay ishlashda, – deydi ko‘p yillar shifokor bo‘lib ishlab, odamlarga yordam berish, yaxshilik qilishni hayoti mazmuni deb bilgan Maryam aya. – Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, yuz yoshdan oshgan yurtdoshlarimizga har oylik pensiyasiga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari – 223 ming so‘m miqdorida ustama to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shu yil 27 sentabrdagi qaroriga ko‘ra, bu yil oktabr oyining birinchi haftasida ilk bor o‘tkazilgan “Keksalar haftaligi” davomida Samarqand viloyatida nafaqat yuz yoshdan oshgan nuroniylar, balki Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti qatnashchilari, mehnat faxriylari holidan xabar olindi. Keksa avlod vakillarini ijtimoiy himoya qilish, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlikni yanada kuchaytirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.