Uychiliklar pilla parvarishiga kirishdi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Uychi tumani inkubatoriyalarida jonlantirilgan ipak qurtini tarqatish qizg‘in davom etmoqda.
Xususan, “G‘ayrat Xonobod chashma bulog‘i” SIU hududidagi ipak qurti inkubatoriyasida jonlantirilgan 393 quti ipak qurti pillakorlarga tarqatilmoqda. Jarayonda hududdagi 13 ta fermer xo‘jaligi hamda 35 ta kasanachi pillakor ipak qurti parvarishini boshladi.
“G‘ayrat” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi pillakor Fotima Mirzamova ham ikki qutidagi 40 gramm ipak qurti parvarishiga jonbozlik bilan kirishdi.
[gallery-17028]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA