Uychida chigit unib chiqdi, navbat – parvarishga
Namangan viloyati Uychi tumanida ham chigit ekish tadbirlari oʻz vaqtida amalga oshirilgani bois 5869 gektar maydondagi chigit toʻla unib chiqdi.
Koronavirus pandemiyasi davrida qishloq xoʻjaligini rivojlantirish masalasiga ustuvor eʼtibor qaratilayotgani bahorgi dala ishlarining odatdagidan kechiktirmay oʻtkazilishini taʼminlamoqda.
Namangan viloyati Uychi tumanida ham chigit ekish tadbirlari oʻz vaqtida amalga oshirilgani bois 5869 gektar maydondagi chigit toʻla unib chiqdi. Ayni kunlarda mirishkorlar dastlabki ekin maydonlarida nihollarga birinchi ishlov berishga kirishgan.
Tumanning paxtachilik yoʻnalishidagi 156 ta fermer xoʻjaligida har bir gektar yerga bir nafardan pudratchi olinayotgani hozirgi murakkab pandemiya sharoitida aholi bandligini taʼminlash imkonini bermoqda.