Uychi tumanida pilla parvarishiga kirishildi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Uychi tumanida joriy mavsumda pilla yetishtirish uchun 145 ta fermer xo‘jaligi hamda 460 kasanachiga 3970 quti ipak qurti tarqatildi.

Tumandagi “Uychi mirishkor qanoti” MMTP hududida joylashgan “Olako‘prik saxovati” fermer xo‘jaligi dala shiyponida 4 quti ipak qurti boqilmoqda. Ayni paytda ipak qurtini oziqlantirishga e’tibor kuchaygan. Bunda siyraklatib boqish, xona haroratini belgilangan me’yorda ushlab turish, qo‘shimcha so‘kichaklar tayyorlab borish muhim hisoblanadi.


Ta’kidlash kerak, tumanda joriy yil 238 tonna pilla yetishtirilishi rejalashtirilgan.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA