Usmonov Adxamjon A’zamjonovichning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Tashkilotda xodimlarni boshqarishning tashkiliy-motivatsion mexanizmlarini takomillashtirish yo‘llari (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi misolida)” mavzusida
Usmonov Adxamjon A’zamjonovichning 08.00.13 – “Menejment” va 08.00.10 – “Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti” ixtisosliklari bo‘yicha “Tashkilotda xodimlarni boshqarishning tashkiliy-motivatsion mexanizmlarini takomillashtirish yo‘llari (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi misolida)” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.20/13.05.2020.I.23.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashning 2023 yil 20 yanvar kuni soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100066, Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 45-uy.
Tel/faks: (99871) 232-60-47; faks: (99871) 239-17-83
e-mail: info@dba.uz