Urush faxriysiga yuksak ehtirom ko‘rsatildi
FOTOREPORTAJ
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Namangan viloyatida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylari holidan xabar olinmoqda.
Viloyat rahbari Shavkat Abdurazzoqov boshchiligidagi bir guruh nuroniylar, mudofaa va huquq-tartibot idoralari rahbarlari Yangi Namangan tumanida istiqomat qiluvchi Galina Bolochenkova xonadonida bo‘ldi.
Rossiyada tug‘ilib, bolaligida fashistlar konslageri asiri bo‘lgan Galina Bolochenkova 1959-yildan buyon Namanganda yashab kelmoqda. U uzoq yillar qurilish sohasida samarali mehnat qilgan.
Tadbir davomida viloyat hokimi davlatimiz rahbarining bayram tabrigini o‘qib eshittirdi hamda davlat rahbari nomidan pul mukofoti va bayram sovg‘alarini topshirdi.
Samimiy muloqotda faxriylarning hayot yo‘li, matonati va sabr-toqati yosh avlod uchun ibrat ekani ta’kidlandi. Nuroniy onaxon esa bugungi tinch va osoyishta hayot uchun shukronalik bildirib, tinchlikning qadriga yetish lozimligini qayd etdi.
[gallery-29327]
Tadbir harbiy orkestr va jamoatchilik ishtirokida ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Qayd etilganidek, ayni paytda Namangan viloyatida ikki nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi istiqomat qilmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA