Urgutda Navro‘z tog‘lar bag‘rida nishonlandi
Urgutliklar azaldan Navro‘zni xalq sayli sifatida tabiat bag‘rida nishonlab kelishgan. Bu bayram tadbirlarida milliy xalq o‘yinlari, sport musobaqalari o‘tkazilgan, an’ana va qadriyatlarimiz namoyish etilgan.
Bu yilgi Navro‘z shodiyonalari ham ana shu jihatlari bilan unutilmas bo‘ldi.
Bayram tadbirlari bir vaqtning o‘zida tumanning uch hududida - Urgut madaniyat va istirohat bog‘i, Mirzobog‘lon-Chep mahalla markazi, Qoratepadagi Teshiktosh madaniy meros ob’ektida nishonlandi.
Erta tongdan kattayu kichik bu maskanlarda jam bo‘lib sharqona yangi yilni keng tantana qildi. Tumandagi korxona va tashkilotlar, mahallalar, ta’lim muassasalari o‘zlarining madaniy dasturlari, milliy hunarmandchilik mahsulotlari, urf-odat va qadriyatlarini namoyish qildi.
Bahoriy taomlar tayyorlanib, elga ulashildi.
Tuman hokimi B.Jabborov va faollar urgutliklar va mehmonlarni Navro‘z bilan tabrikladi.
Keksalar yangi dehqonchilik mavsumi barakali kelishini tilab duolar qildi.
Urgutlik xonandalar, badiiy va xalq jamoalari bilan birga poytaxtdan kelgan taniqli san’at va madaniyat namoyondalarining chiqishlari sayil ishtirokchilariga zavq bag‘ishladi.
Urgutdagi Navro‘z sayllari kechga qadar davom etdi.
<iframe width="1536" height="754" src="https://www.youtube.com/embed/yOAmeCk9aQQ" title="Urgutda Navro‘z tog‘lar bag‘rida nishonlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>G‘olib Hasanov, Nozimbek Mardonov (video), O‘zA