Urganchda xotin-qizlar tadbirkorligi o‘rganildi
FOTOREPORTAJ
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva Urganch shahrida bo‘lib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 7 martdagi “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishdi.
Shuningdek, kooperatsiya usulida tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan tadbirkor xotin-qizlar faoliyati yuzasidan seminar o‘tkazildi.
[gallery-18631]
Seminar davomida hududda ochilgan “Tadbirkorlik o‘quv markazi” faoliyati bilan tanishildi. Jarayonda parrandachilik yo‘nalishini tamomlagan xotin-qizlarga sertifikat va inkubatorlar topshirildi.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Urganch shahridagi Nurli hayot va Temiryo‘lchi mahallalarida ham bo‘lib, tashabbuskorlarning mikroloyihalari bilan tanishdi.
Shuningdek, “Xonadonbay” o‘rganish jarayonida aniqlangan ishsiz, ishlash istagidagi xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash, mavjud yangi ish o‘rinlariga joylashtirish, jamoat ishlariga jalb qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlarga imtiyozli kreditlar ajratib berish orqali bandligini ta’minlash masalalari bo‘yicha mahalla xotin-qizlar faollari bilin suhbatlashildi.
O‘zA fotomuxbiri
Behzodbek SAIDOV olgan suratlar