UNAMA rahbari bilan muzokara toʻgʻrisida
Afgʻonistonda afgʻonlararo tinchlik muzokaralarini boshlash uchun har tomonlama yordam berish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev videokonferensaloqa shaklida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afgʻonistondagi yordam missiyasi (UNAMA) rahbari Debora Layons bilan muzokara oʻtkazdi.
Suhbat chogʻida Afgʻoniston inqirozini hal qilish boʻyicha Oʻzbekiston va UNAMA saʼy-harakatlari, Afgʻonistondagi turli loyihalarni amalga oshirishda oʻzaro hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi.
UNAMA rahbari Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afgʻoniston inqirozini tinch yoʻl bilan hal etish, shuningdek, Afgʻonistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash borasidagi siyosatini yuqori baholadi. Xususan, Afgʻonistonda temir yoʻl va yangi elektr uzatish liniyalari qurish loyihalari alohida eʼtriof etildi.
Mamlakatda pandemiya sharoitida zoʻravonlik darajasini keskin kamaytirish, shuningdek, afgʻon xalqining siyosiy jarayondagi muhim rolini taʼminlash dolzarbligi qayd etildi.
Afgʻonistonda afgʻonlararo tinchlik muzokaralarini boshlash uchun har tomonlama yordam berish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.