Umumta’lim maktablarida imtihonlar o‘tkazildi
Buxorodagi 28 ta maktabda choraklik summativ baholash imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yo‘lga qo‘yilgan o‘quvchilarning bilimini formativ va summativ baholash tizimi ijobiy samara berganligi tufayli mazkur baholash tizimini umumta’lim maktablarida ham joriy etish belgilangan edi.


2023-2024-o‘quv yilida Buxoro viloyatidagi 28 ta umumta’lim maktabida ham yangicha tartibdagi baholash tizimini tajriba-sinov sifatida joriy etish yo‘lga qo‘yildi.
Viloyatdagi barcha tajriba-sinov o‘tkaziladigan maktablarda choraklik summativ baholash (CHSB) imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu jarayonda 17 143 nafar 5-11-sinf o‘quvchisi ishtirok etmoqda.


Zarif Komilov, O‘zA muxbiri