“Umid nihollari” bolajonlarga quchoq ochdi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Uychi tumanidagi “Umid nihollari” bolalar yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi foydalanishga topshirildi.
Mazkur oromgohda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kapital qurilish boshqarmasi buyurtmachiligida “Kelajak megastroy” MCHJ tomonidan 29 milliard so‘m mablag‘ evaziga rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. To‘rtta yotoqxona ta’mirlandi, 200 o‘rinli amfiteatr, oshxona, to‘garaklar uchun alohida 8 ta xona, basketbol, voleybol, jismoniy mashqlar maydonchasi (vorkaut), usti ochiq basseyn, kiyinish, yechinish xonalari, mini futbol maydoni, ikkita suv saqlash havzasi, oqava suvlari uchun yopiq hovuz qurildi.
Oromgohning birinchi navbatida 200 nafar bola dam oladi. Yana uchta mavsumda 600 nafar o‘g‘il-qiz tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan. Yigirmadan ortiq fan, sport to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
[gallery-23928]
Ochilish marosimida viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA