Umedjon Barnoyev Romitan tumani hokimi etib tayinlandi
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Romitan tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada viloyat hokimi Botir Zaripov qatnashdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

Romitan tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Xurshid Yahyoyevich Tohirov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etildi.
Sessiyada Romitan tuman hokimi lavozimiga Umedjon Isoyevich Barnoyevning nomzodi xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Zarif Komilov, O‘zA