Ulkan maqsadga erishish kichik e’tibordan boshlanadi (+video)
Oramizda shunday insonlar borki, ularning jismoniy imkoniyati cheklangan, lekin ma’naviyati yuksak, ruhi esa juda tetikdir. Ular ko‘pincha ishlash, ta’lim darajasini oshirish va jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok etish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Mamlakatimizda esa ana shunday fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash eng e’tiborli masalalardan biri hisoblanadi.
Xususan, Sharof Rashidov tumani Nonisangil mahallasi Shifokorlar ko‘chasida istiqomat qiluvchi (1- guruh nogironi) Abdug‘ani Jo‘raboyevga Yoshlar ishlari agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 iyundagi 341-sonli qarori asosida zamonaviy noutbuk topshirildi.
Qahramonlarimiz bilan tashkil etilgan intervyuning to‘liq shaklini O‘zAning You Tube sahifasi orqali ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/hSh273BnruM" title="Ulkan maqsadga erishish kichik eʼtibordan boshlanadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Bobova, O‘zA