Ular bor joyda adolatsizlikka o‘rin yo‘q!
Mamlakatimizda pensiya yoshida bo‘lgan nuroniy-faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston sud tizimi faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash jamoatchilik Markazi tashabbusi bilan Toshkent shahar sudida uzoq yillar davomida tizimda samarali mehnat qilib, nuroniy yoshda bo‘lgan faxriylar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
“Keksalar haftaligi” doirasida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston sud tizimi faxriylarini ijtimoiy qo‘lla-quvvatlash Markazi rahbariyati, O‘zbekiston Sudyalari Assotsiatsiyasning mas’ul xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining a’zolari va boshqalar ishtirok etdi, , deya xabar beradi Sud tizimi faxriylari markazi matbuot xizmati.
“Biz bor joyda adolatsizlikka o‘rin yo‘q”, “Hayotning qadriga yet” mavzularida tashkil etilgan tadbirda faxriy-sudyalarning orttirgan boy tajribalari yoshlarga o‘rnak sifatida esga olindi va lavozimga yangi tayinlanganlar uchun esa pand nasihatga boy bo‘lgan fikrlar aytildi.
Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA