Ukrainada qabul qilingan til to‘g‘risidagi qonun BMT Xavfsizlik kengashida muhokama qilinadi
Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy bayonot bergan.
Ukrainada “Ukrain tilini davlat tili sifatida ishlatilishini ta’minlash to‘g‘risida“gi qonunning qabul qilinishi munosabati bilan 20 may kuni BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda majlisi o‘tkaziladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy bayonot bergan.
“Biz ushbu qonunni BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan tasdiqlangan Minsk kelishuvi ruhiga zid deya hisoblaymiz“, deya qayd etgan o‘z intervyusida Dmitriy Polyanskiy.
Ma’lumot o‘rnida, avvalroq Ukraina Prezidenti Pyotr Poroshenko “Ukrain tilini davlat tili sifatida ishlatilishini ta’minlash to‘g‘risida“gi farmonni imzolagan edi. Ushbu hujjat mamlakat hayotining aksariyat jabhalarida faqat ukrain tilidan keng foydalanishni nazarda tutadi.