Ukraina o‘z milliy armiyasi tarkibini kengaytiradi
Oliy rada Ukraina qurolli kuchlari miqdorini 4,4 foizga oshirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishdan so‘ng qabul qildi.
“Interfaks-Ukraina” ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi kunda ukrain armiyasining umumiy miqdori 250 mingdan iborat bo‘lib, shulardan 204 mingini harbiylar tashkil qiladi.
Agar qonun loyihasi tasdiqlangudek bo‘lsa, umumiy miqdor 261 nafargacha oshadi, shulardan 215 mingi harbiylardan iborat bo‘ladi.
Mamlakat parlamenti bu maqsadning amalga oshishi uchun ikki yarim milliard grivenlik mablag‘ sarflamoqchi.