Tut ipak qurti pillalariga termik ishlov berish jarayonini matematik modellashtirish
Ravshanbek Muminovich MIRSAATOV professor texnika fanlari doktori Toshkent davlat transport universiteti Toshkent, O‘zbekiston https://orcid.org/0000-0001-5745-4431 e-mail: mirsaatov61@mail.ru Sardorbek Baxodirovich XUDOYBERGANOV dotsent texnika fanlari boʻyicha (PhD) falsafa doktori Toshkent davlat transport universiteti Toshkent, O‘zbekiston https://orcid.org/0000-0002-3021-024X e-mail: sarrux@inbox.ru Gulnoza Shuxratovna SULTANXODJAEVA katta o‘qituvchi Toshkent davlat transport universiteti Toshkent, O‘zbekiston https://orcid.org/0009-0004-7201-0803 e-mail: gsultanxojaeva@gmail.com
Annotatsiya
Pilladan olinadigan ipakning miqdori va sifati dastlabki termik ishlov berish usullariga bevosita bog‘liq bo‘lib, ushbu usullar pillaning tabiiy xususiyatlarini maksimal darajada saqlab qolishi va hosil bo‘lgan ipak ipining asosiy fizik hamda mexanik ko‘rsatkichlarini ta’minlashi lozim. Shu bilan birga, energiya resurslarini samarali ishlatish masalasi ham dolzarb hisoblanadi. Shuning uchun tut ipak qurti pillalariga dastlabki ishlov berishda quyosh energiyasidan foydalanish istiqbolli yondashuv sifatida qaraladi. Qurilma ichidagi issiqlik almashinuvi jarayonlarini modellashtirishda kiruvchi va chiqib ketuvchi oqimlarning miqdoriy va harorat ko‘rsatkichlari hisobga olinadi. Quyosh qurilmasining ishchi sohasida kechayotgan jarayonlarni bir nechta elementar jarayonlarga ajratish metodologik jihatdan maqbul hisoblanadi. Maqolada jarayonlarni chuqur tahlil qilish va optimallashtirish maqsadida qurilma ichidagi issiqlik almashinuvi jarayonini tavsiflovchi matematik model ishlab chiqilgan, bu esa ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Tayanchso‘zlar: harorat, pilla, issiqlik miqdori, texnologik jarayon, oqim, balans, jarayon, energiya, tenglama, sarf.