Tushlarda mangu qolgan Javohir
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida qisqa umri davomida o‘zidan yorqin iz qoldirgan, ayniqsa, ijod ahli e’tibori va e’tirofini qozongan jurnalist Javohir Qudratovning xotirasiga bag‘ishlangan “Men mangu qolaman tushlarda” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Ko‘hna Shahrisabz farzandi bo‘lgan Javohir atigi 38 yil yashadi. U O‘zbekiston davlat jahon tillari va O‘zbekiston milliy universitetlarini tamomlagan. Oliy ta’lim dargohida o‘qish barobarida jurnalistika sohasida ishlab, bilim va mahoratini toblab bordi. Turli yillarda Toshkent xalqaro radiosi, “Qashqadaryo” gazetasi, Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi, Yagona umumrespublika protsessing markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (avvalgi), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida sermahsul mehnat qildi.
[gallery-10938]
“Men mangu qolaman tushlarda” kitobida J. Qudratovning professional yondashilgan maqolalari bilan bir qatorda samimiyatga yo‘g‘rilgan she’rlari, shuningdek, uni yaqindan bilgan va ardoqlagan ustozlari, hamkasblari, kursdoshlarining xotiralari o‘rin olgan.
Tadbirda so‘z olganlar J. Qudratovning fazilatlarini, intellektual salohiyatini, kasbiy mahoratini yodga olib, ijodkor chin ma’noda ibratli hayot yo‘lini bosib o‘tganini qayd etdilar.
Shavkat Tohirov,
Nosirjon HAYDAROV (surat)