Turkiyada Prezident devonining velosiped safari davom etmoqda
Turkiya Respublikasi Prezident devoni, Madaniyat va turizm vazirligi va Turkiya turizmni targ‘ib qilish va rivojlantirish agentligi (TGA) hamkorligida tashkil qilingan "Turkiya Prezident devoni velosiped safari" tarixiy va tabiiy go‘zalliklarga boy maroqli yo‘nalish bo‘yicha boshlandi.
"Turkiya Prezident devonining velosiped safari" birinchi marta 1963 yilda Turkiya Velosport federatsiyasi tomonidan dunyodagi yagona qit’alararo velosport tur sifatida tashkil etildi va "Marmara safari" deb nomlandi. Bu yilgi velosiped safari, 11 aprel kuni Kapadokiyada boshlangan bo‘lib u 18 aprelda Kushadasida tugaydi. Marshrut davomida ishtirokchilar tabiat go‘zalligidan bahramand bo‘ladi.
Velosiped safari masofasi 1347 kilometr atrofida bo‘lib, uning marshruti Konya, Beyshehir, Alanya, Kemer, Gog‘ubeli cho‘qqisi, Fethiye, Marmaris, Turgutreis, Bodrum va Kushadasi kabi tarixiy joylarni o‘z ichiga oladi. Belgiya, Isroil, Italiya, Ispaniya, Frantsiya, Rossiya, AQSH, Norvegiya, Gollandiya, Qozog‘iston, Shveytsariya va Malayziyadan jamoalar va sportchilar sayyohlik yo‘nalishlari bo‘ylab sayohat qilish bilan birga, Turkiyaning taniqli tabiiy va tarixiy diqqatga sazovor joylaridan bahramand bo‘ladi.
Velapoygada sanitariya-gigiyena tadbirlari bilan bir qatorda safari ishtirokchilarning xavfsizligi va salomatligi ta’minlanishi ham ko‘zlangan.