Turkiyada binolar qayta tekshirilmoqda. 216 mingdan ortiq chodir tikildi...
Turkiya Favqulodda vaziyatlar departamentining ma’lumotiga ko‘ra, zilzilalar oqibatida vafot etganlar soni 41 ming 20 kishidan oshdi. 76 mamlakatdan kelgan qutqaruv-qidiruv guruhlari qaytib ketayotganliklarini ma’lum qildi.
Turkiyaning janubi-sharqiy mintaqasida kuchli zilzilalar munosabati bilan Prezident Rejep Tayyip Erdog‘anga ta’ziya telefonlari davom etmoqda.
19 fevral kuni Bolgariya va Malta Prezidenti Rumen Radev va Jordj Vella, Albaniya Bosh vaziri Edi Rama hamda Bosniya-Gersegovina Prezidiumi sobiq a’zosi Bakir Izetbegovich hamdarlik bildirdilar.
“Turk havo yo‘llari” aviakompaniyasi zilzila mintaqasidan 256 ming 754 kishini evakuatsiya qildi.

Istanbul kasalxonalarida zilzila mintaqasida zarar ko‘rgan bir ming 300 kishi davolanmoqda.
Turkiya Mudofaa vaziri Xulusi Akar Suriyadan Xatay viloyatiga ko‘chib kelayotgan arablarning ko‘payib borayotgani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi.
Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja zilzila sodir bo‘lgan mintaqalarda yuqumli kasalliklarning tarqalishi qayd etilmagani to‘g‘risida bayonot berdi.
Turkiya atrof-muhit, shaharsozlik va iqlim o‘zgarishi vaziri Murat Kurumning ma’lumot berishicha, mazkur mintaqadagi 927 binolarning zilzilabardoshligi o‘rganib chiqilgan.
Ulardan 118 mingtasi ta’mirtalab ekani aytilgan yoki kechiktirmasdan ularni buzib tashlash tavsiyalari berilgan.
Turkiyaning hukumat va nohukumat tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar va chet ellarning bevosita ko‘magi bilan zilziladan talafot ko‘rgan mintaqalarda 216 ming 166 chodir tikildi.
Abror XON, O‘zA