Turkiya texnologiyasi Mali armiyasini kuçaytiradi
Turkiya mudofaa texnologiyasi Malida armiyaning jangovar samaradorligini oşiriş va harbiy xizmatçilar yetişmovçiligini qoplaşga yordam berişi mumkin.
Bu haqda Mali Milliy xavfsizlik kengaşi doimiy kotibi, isteʼfodagi general-mayor Yamussa Kamara maʼlum qildi. Taʼkidlanişiça, 1,24 million kvadrat kilometr hududni himoya qiliş uçun mahalliy armiyaning mavjud imkoniyati yetarli emas. Şu bois harbiy sohaga zamonaviy texnologiya, xususan Turkiya mudofaa işlanmalari joriy etilişi zarur.
Kamara uçuvçisiz uçoqlar mamlakat xavfsizligini taʼminlaşda muhim örin egallaşini qayd etdi. Şuningdek, Anqara bilan harbiy-texnik hamkorlikni kengaytiriş zarurligini taʼkidladi. Generalning fikriça, Mali, Burkina-Faso va Nigerdan iborat Sohil davlatlari alyansi ham xavfsizlikni taʼminlaş uçun umumiy resurslardan samarali foydalanişi va Turkiya bilan hamkorlikni kuçaytirişi lozim.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA