Turkiya mintaqada barqarorlik saqlanishi tarafdori
Turkiya milliy mudofaa vaziri Xulusi Akar Anqara Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi keskin vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda va mintaqada barqarorlik saqlanishi tarafdori, deb bayonot berdi.
"Bizda mintaqalar uchun alohida siyosat yo‘q, biz tinchlik tarafdorimiz. Biz keskinlikni diqqat bilan kuzatmoqdamiz. Mintaqada barqarorlik saqlanishini istaymiz. Ukrainaning hududiy yaxlitligini hurmat qilamiz" – deya keltiradi Xulusi Akarning so‘zlarini Huriyyet gazetasi.