Turkiya elchisi bilan uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkiya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Olgan Bekarni qabul qildi.

Vazir ishonch yorlig‘i nusxasini qabul qilib, Elchini mazkur tayinlov bilan tabrikladi va unga O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali, o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash ishida muvaffaqiyat tiladi.
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifini tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.
Shuningdek, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga e’tibor qaratgan holda O‘zbekiston - Turkiya kun tartibiga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Muzokara doirasida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Tashqi ishlar vazirligi
matbuot xizmati