Turkiya dunyosi - matbuot simpoziumi
Bugun Istanbul shahrida Turk dunyosi sharhlovchilarining simpoziumi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Turkiya, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Vengriya davlatlari ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Anjuman tashkilotchisi – Turkiya Prezidenti huzuridagi kommunikatsiya bo‘yicha boshqarmasining matubot va teleradio eshittirish bo‘limi mudiri Og‘uz Gyoksu tez o‘zgarayotgan global dunyoda ommaviy axborot vositalarining o‘rni, ko‘p qutbli dunyo shakllantirilayotgan sharoitda matbuotning roli to‘g‘risidagi qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.
Anadolu agentligining muharrir muvofiqlashtiruvchisi global taraqqiyot zamonida malakali jurnalistikaga ijtimoiy tarmoqning raqobatchi o‘laroq kirib kelgani, uning taraqqiyot xabarlari jamiyatni chalg‘itayotganiga urg‘u berdi.
Qayd etilishicha, tarmoq muhbirlari qo‘llaridagi mobil telefon vositasida ham tasvirchi, ham suratchi, ham muharrir vazifasini bajarib kelmoqdalar. Bu esa an’anaviy matbuotga soya tashlamoqda.
Bostonning fikricha, bu habar rasmiy manbalardan olinmaydi, uning amaliyoti to‘g‘ri ekaniga shubha bildiradi. – Bu xabarlar dizinformatsiyadan iborat, deya olamiz. Bu vaqtincha jarayon, – dedi u.
Tadbirda turk dunyosi hamkorligi va muvofiqlashtirish ishini yangi darajaga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. So‘zga chiqqan matbuot vakillari turk dunyosining bosma va internet nashrini tashkil etish, hamkorlikda hujjatli va tarixiy filmlar yaratish takliflarini o‘rtaga tashlashdi.
Shu bilan anjuman o‘z ishini yakunladi.
O‘zA siyosiy sharhlovchisi Abror G‘ulomov,
Istanbul shahri.