Turkiya delegatsiyasi Bo‘stonliqda
Turkiya milliy politsiya akademiyasi Yo‘l harakati xavfsizligi instituti rahbari, professor Shenol Yaprak boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Bo‘stonlik tumaniga tashrif buyurdi.
Delegatsiya vakillari hududda joylashgan Toshkent viloyati IIBB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, mehmonlarga yo‘l harakati xavfsizligi yo‘nalishiga qaratilgan yangi tizimlar, zamonaviy raqamli kameralar va shu sohaga oid yangiliklar haqida ma’lumot berildi.

Kelgusida soha yo‘nalishidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shundan so‘ng, delegatsiya vakillari yirik turizm namoyishi obyektlari bo‘lmish “Chinorkent” osma dor yo‘li va “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortida ham bo‘ldi. Bu yerdagi jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan xizmatlar qay tarzda yo‘lga qo‘yilgani bo‘yicha mas’ullar bilan suhbatlashildi.

Delegatsiya a’zolari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi va yangi takliflar bildirdi. Oxirgi paytlarda mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarning salmog‘i yuqori bo‘layotgani, hamkorlik aloqalari bo‘yicha kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.
A. Musayev, O‘zA muxbiri