Turk xalqi NATOga qarshi
"Vatan" partiyasi rahbari O‘zgur Bursali Turkiya xalqining NATOga qarshi isyon ko‘targanini, ittifoqdan chiqish uchun petitsiya ostida to‘plangan imzolar ko‘rsatganini aytdi. Uning iqtiboslari "Aydinlik" nashrida e’lon qilindi.
Bursali, Vatanning Turkiyaning 100 dan ortiq viloyat va tumanlarida minglab imzo to‘plaganini aytdi. Biroq u qaysi viloyatlar va imzolar soniga aniqlik kiritmadi.
“Lenta.ru” xabariga ko‘ra,partiya iyul oyi boshida Turkiyaning yirik shaharlarida mamlakatni NATOdan chiqarish uchun keng ko‘lamli kampaniya boshlagan edi. Ta’kidlanishicha, bu jamiyatning barcha qatlamlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.