Turk dunyosi muloqoti: umumiy kelajak, yagona qarash
Bugun Toshkentda Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi muloqotini rivojlantirish, qardosh mamlakatlar umumiy qarashini shakllantirishga qaratilgan "Turk dunyosi muloqoti: umumiy kelajak, yagona yondashuv" turkumining uchinchi tadbiri bo‘lib o‘tadi.
Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi tomonidan Anqarada o‘tkazilishi rejalashtirilgan TDT 13-Davlat va hukumat rahbarlari sammiti arafasida tashkil etilayotgan bunday tadbirlar barcha a’zo va kuzatuvchi mamlakatlarda o‘tkazilmoqda.
Bu galgi yig‘ilish muhokama va matbuot anjumanidan iborat. Kun tartibida TDTning mintaqaviy va dunyo miqyosidagi nufuzini oshirish, umumiy qarashni jamoatchilikka yetkazish hamda mamlakatlar o‘rtasidagi akademik, madaniy va ijtimoiy aloqani mustahkamlash masalalari belgilangan.
Ma’lumki, dastlabki tadbir Qozog‘iston poytaxti Ostonada, ikkinchisi 15-sentabr kuni Ozarbayjon poytaxti Bokuda o‘tkazildi.
Toshkent anjumani uchinchi bosqich, navbatdagi muloqot manzili sifatida doimiy vakillar qatori akademik doiralar va xalqaro munosabatlar sohasi mutaxassislarini ham to‘playdi.
Nodira Qayumova, O‘zA