Tungi ekoreyd: Issiqxonalarda isitish pechlarining texnik va ekologik holati tekshirildi
Toshkent viloyati Qibray tumanida navbatdagi ekoreyd tadbirlari o‘tkazildi. Tadbir tumanning Obod mahallasida tashkil etilib, hududdagi bir nechta issiqxonalar faoliyati o‘rganildi.
Reyd davomida issiqxonalarda o‘rnatilgan isitish pechlari va ularning tozalash filtrlari holatiga alohida e’tibor qaratildi. Tekshiruv natijasida issiqxonalardan birida isitish pechiga o‘rnatilgan tozalash filtri texnik talablarga muvofiq ishlayotgani va belgilangan me’yorlarga javob berishi aniqlandi.
Shu bilan birga, Obod mahallasida joylashgan boshqa bir issiqxonada isitish pechiga o‘rnatilgan tozalash filtri amalda ishlatilmayotgani ma’lum bo‘ldi. Aniqlangan holat yuzasidan amaldagi tartibda bayonnoma rasmiylashtirilib, mas’ullarga tegishli chora ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Ekologik nazorat tadbirlari hududda atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik talablarga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, bu kabi ekoreyd tadbirlari davom ettiriladi.
<iframe width="640" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/uH7TWsUEj-A?si=qD5pltHs4ScDMsri" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Hamroz Bayanov,
O‘zA