Tuman hokimi tadbirkorlar bilan uchrashdi
Namangan viloyati Davlatobod tumani hokimi Anvar Tojimirzayev tadbirkorlar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
Ochiq muloqotda tumanda faoliyat yuritayotgan 20 dan ziyod tadbirkor hamda chet ellik investorlar ishtirok etdi.
Tuman rahbari tadbir davomida tadbirkorlar va ishbilarmonlarning taklif va murojaatlarini tinglab, ularni atroflicha o‘rgandi. Tadbirkorlar tomonidan taqdim etilgan yangi loyihalar ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning bir nechtasi joyida hal etildi. Vaqt talab etadigan masalalar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Tadbirkorlarning istiqbolli loyihalari tuman hokimi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
[gallery-2139]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA