"TransLogistica" va "Securex": sohalar kelajagini qanday texnologiyalar belgilaydi?
Transport-logistika tizimi har qanday mamlakat iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismlaridan biri bölib, xalqaro savdo aloqalarini rivojlantiriş, yuk taşiş jarayonlarini samarali taşkil etiş va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirişda muhim örin tutadi.
Bu jarayonlarda zamonaviy transport texnologiyalari, logistika infratuzilmasini rivojlantiriş bilan bir qatorda, obʼektlar xavfsizligini taʼminlaş, himoya va nazorat tizimlarini takomillaştiriş ham dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Ayni şu yönalişlardagi ilğor yeçimlar va yangi işlanmalar bugun Toşkent şahridagi "Özekspomarkaz" milliy körgazmalar majmuasida öz işini boşlagan "TransLogistica Uzbekistan-2026" 22-xalqaro körgazmasi hamda "Securex Uzbekistan-2026" 17-xalqaro körgazmasida namoyiş etilmoqda.
"Iteca Exhibitions" xalqaro körgazmalar kompaniyasi, "ICA Eurasia Group", Transport vazirligi hamda qator taşkilotlar hamkorligida taşkil etilgan tadbirlarda 16 mamlakatdan 120 ta kompaniya va brend iştirok etmoqda. Ular orasida BAA, Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gruziya, Janubiy Koreya, Latviya, Litva, Niderlandiya, Rossiya, Tojikiston, Turkiya, Xitoy, Estoniya, Özbekiston va Qozoğiston vakillari bor.
Ikki yirik körgazmaning bir maydonda taşkil etilişi transport-logistika infratuzilmasi va xavfsizlik tizimlari örtasidagi uzviy boğliqlikni namoyon etmoqda. Zero, xalqaro savdo hajmining ortişi, yuk oqimlarining kengayişi va iqtisodiy jarayonlarning raqamlaşuvi şaroitida samarali transport tizimini rivojlantiriş bilan bir qatorda logistika markazlari, omborlar, işlab çiqariş obʼektlari va axborot resurslarini işonçli himoya qiliş ham dolzarb ahamiyatga ega.
"TransLogistica Uzbekistan-2026" ekspozitsiyasidan temir yöl va avtomobil transporti, yuk taşiş, ekspeditorlik xizmatlari, logistika infratuzilmasi hamda transport vositalariga texnik xizmat körsatişga oid yeçimlar örin olgan. Mazkur maydon xalqaro va mahalliy kompaniyalar uçun yangi hamkorlik aloqalarini örnatiş, xizmatlar geografiyasini kengaytiriş va istiqbolli loyihalarni muhokama qiliş imkonini beradi.
Körgazmada "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi ham özining kargo salohiyatini namoyiş etmoqda. Milliy aviakompaniya bilan bir qatorda "Silk Avia" va "Uzbekistan Helicopters" brendlarining xizmatlari ham taqdim etilgan.
"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi Yuk taşuvlari boşqarmasi boşliği Sultonsaid Aʼzamxöjayevning taʼkidlaşiça, uşbu tadbir aviatsiya va logistika sohasi vakillari uçun yangi hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş, mavjud şeriklikni mustahkamlaş va kelgusi rejalarni muhokama qilişda muhim maydon hisoblanadi.
– Unda nafaqat bizning imkoniyatlarimiz, balki hamkorlarimiz xizmatlari ham taqdim etiladi. Ayniqsa, aviatsiya taşuvlarini temir yöl va yer usti transporti bilan uyğunlaştiriş, yuklarga işlov beriş, avia yuk taşuvlarini taşkil etiş va sotiş böyiça xalqaro şeriklar imkoniyatlarini örganişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Özbekistonning milliy aviakompaniyasi sifatida xalqaro bozorda öz örnimizga egamiz. Ötgan yilgi körgazma natijasida xorijiy va mahalliy kompaniyalar bilan önga yaqin yangi şartnoma imzolangan. Bugungi kunda turli xil yuklarni taşiş uçun zarur ruxsatnomalarimiz va texnik imkoniyatlarimiz mavjud. Asosiy maqsadimiz esa mahalliy eksportçilarga bu haqda töliq maʼlumot beriş hamda kelgusidagi hamkorlikni rivojlantiriş, – deya taʼkidladi Sultonsaid Aʼzamxöjayev.
Transport-logistika tizimining samarali faoliyatini taʼminlaşda xavfsizlik masalasi ham muhim örin tutadi. Şu jihatdan, "Securex Uzbekistan-2026" körgazmasi zamonaviy himoya texnologiyalari va kompleks xavfsizlik yeçimlarini namoyiş etişga qaratilgani bilan ahamiyatli. Unda videokuzatuv, kirişni nazorat qiliş, qöriqlaş signalizatsiyasi, yonğin avtomatikasi, kiberxavfsizlik va muhim infratuzilma obʼektlarini himoya qiliş böyiça işlanmalar taqdim etilmoqda.
Ekspozitsiyaning yana bir muhim yönalişi kriminalistika va maxsus texnologiyalarni qamrab oladi. Xususan, Buyuk Britaniyaning "Foster + Freeman" kompaniyasi hujjatlar va barmoq izlarini ekspertiza qiliş uskunalarini, Belarusning "Regula" kompaniyasi hujjatlar hamda banknotlar haqiqiyligini tekşiriş yeçimlarini, Germaniyaning "Rohde & Schwarz" kompaniyasi esa himoyalangan aloqa tizimlarini namoyiş etmoqda.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA