Trampning Hurmuz bo‘g‘ozi sug‘urta jamg‘armasi ish bermadi
“Financial Times” yozishicha, AQSH Prezidenti Donald Trampning 40 milliard dollarlik rejasi dengiz eskorti muammosi tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchradi. U AQSH Hurmuz bo‘g‘ozidan o‘tmoqchi bo‘lgan kemalarga sug‘urta taqdim etishini e’lon qilganidan ikki oy o‘tsa-da, dastur bir dollar ham foyda bermagan.
AQSH hukumati ushbu loyihaga “Chubb” va AIG sug‘urta kompaniyalarini jalb qilgan edi. Ikki manbaga ko‘ra, sug‘urta stavkasi urushdan oldingi darajadan bir necha barobar yuqori bo‘lishiga qaramay, sug‘urta dasturi hali ishga tushmagan. Sug‘urta brokerlari aytishicha, bu tizim hech qachon amalga oshmagan, chunki bo‘g‘ozdan o‘tayotgan kemalar uchun qo‘yilgan talabga to‘liq javob bera olmagan. Qolaqersa, tizim hali tashkil etilmagan AQSH dengiz floti eskortiga ham bog‘liq.
May oyi boshida AQSH “Ozodlik loyihasi” amaliyoti doirasida bo‘g‘oz orqali ikki kemani kuzatib bordi. Boshqa hech bir kema AQSHdan harbiy yordam olmagan.
S.Rahimov, O‘zA.