Tramp prezidentlikka nomzodini qo‘ya olmaydi(mi?)
Kolorado Oliy sudi sobiq prezident Donald Trampni 2021 yil 6 yanvarda Kapitoliyga uyushtirilgan bosqinga aloqadorligi tufayli shtatning 2024 yilgi saylov byulletenidan chiqarib tashladi.
Qarorga ko‘ra, 2024 yil 5 mart kuni bo‘lib o‘tadigan, respublikachi nomzodlar raqobatlashadigan boshlang‘ich saylov ro‘yxatida Tramp nomi ko‘rsatilmaydi.
Sud Tramp 2021 yil 6 yanvar voqealari chog‘ida qilgan harakati bilan “qo‘zg‘olon jinoyatini tashkil etgan va Konstitutsiyaning 14-moddasini buzgan”ligini isbotladi.
Bu hukm Trampni, AQSH tarixida kamdan-kam holda chaqiriladigan 14-tuzatishga ko‘ra, Oq uy rahbarligiga saylanish huquqi bo‘lmagan birinchi da’vogarga aylantirdi.