Tramp Oq uy bilan xayrlashdi
Donald Tramp va uning rafiqasi Melanya Oq uydan chiqib ketdi. Ular vertolyotga o‘tirib, uchib ketishdi.
Ommaviy axborot vositalari yozishicha, Florida shtatidagi Endryus avia bazasiga qo‘ngach, sobiq prezident Palm-Bichga qarab yo‘l oladi. Shu yerda Tramp oilasining Mar-a-Lago qarorgohi bor. Odatda Tramp dam olish kunlari va bayramlarni shu yerda o‘tkazardi. Bu joyga ayrim davlat rahbarlari ham tashrif buyurgan.
Tramp o‘tgan yili noyabrda bo‘lib o‘tgan prezident saylovi yakuni bo‘yicha Jo Baydenga yutqazdi. Baydenning inauguratsiyasi bugun bo‘lib o‘tadi.
Bayden Kapitoliyda qasamyod qilgandan keyinoq qator farmonlarga imzo chekadi. Meksika chegarasida devor qurilishini to‘xtatish, AQSHni iqlim bo‘yicha Parij bitimiga qaytarish, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tarkibidan chiqishni bekor qilish qarori shular jumlasidan.
O‘zA