Tramp nutqini OAVni tanqid qilishdan boshladi
Avval xabar berganimizdek, AQSH Prezidenti Donald Tramp seshanba kuni kechqurun rasman saylov oldi kampaniyasi boshlanganini eʼlon qildi.
Avval xabar berganimizdek, AQSH Prezidenti Donald Tramp seshanba kuni kechqurun rasman saylov oldi kampaniyasi boshlanganini eʼlon qildi. Tramp bu haqda Orlando (Florida shtati)da oʻz tarafdorlari ishtirokidagi koʻp ming kishilik mitingda maʼlum qildi.
Tramp oʻz nutqini liberal OAVni tanqid qilishdan boshladi, uning soʻzlariga qaraganda “yolgʻon xabarlar” haqida yozadigan jurnalistlar boʻm-boʻsh stadion haqida “uch yoki toʻrtta oʻrin” boʻshligini yozadi.
Qoʻshma Shtatlar prezidentligi uchun qayta saylanishi borasida oʻz kampaniyasi boshlanganini eʼlon qilgan Tramp oʻz komandasi ikki yarim yil davomida bajargan ishlarni tarixda hech kim shu vaqtgacha amalga oshirmaganini taʼkidlab oʻtdi, bu kabi holatlar bilan biror bir Prezident duch kelmaganini qayd qildi. “Biz bu ishni bajarishda davom etaveramiz. Sizlarga vaʼda beraman, men hech qachon sizlarni uyaltirib qoʻymayman“, – dedi Tramp toʻplanganlarga murojaat qilar ekan.
Tramp oʻz tarafdorlarini demokratlar nomzodining ehtimoliy gʻalabasidan ogohlantirdi. Trampning soʻzlariga qaraganda, uning “radikal koʻz qarashdagi demokrat raqiblari nafrat, gʻazab va koʻrolmaslik sari harakat qilmoqda“. Ular mamlakatni yoʻq qilmoqchi, dedi AQSH Prezidenti. U shuningdek, maxsus prokuror Robert Myullerning 2016-yilgi prezidentlik saylovlarida Rossiyaning aralashuvini tergov qilganini ham eslatib oʻtdi va “hech kim Donald Trampchalik Rossiyaga nisbatan murosasiz boʻlmaganini“ taʼkidladi. U amerikaliklarni “korrupsiyalashgan tizimga barham berish maqsadida” 2020-yilning 3-noyabr kuni saylovlarda ishtirok etishga chaqirdi.
CNN buyurtmasiga koʻra, SSRS oʻtkazgan yangi soʻrovga koʻra, 54 foiz amerikaliklar Prezident Tramp 2020-yilgi saylovlarda gʻalaba qozonishini va ikkinchi muddatga qayta saylanishini aytishgan. Trampning bu qadar mashhurligining sabablaridan biri iqtisodiy ahvolni (26 foiz) misol sifatida keltiradi. Prezidentga nisbatan qoʻyilayotgan ayblovlar orasida yolgʻon (bu haqda tadqiqot ishtirokchilarining 13 foiz aytgan) va irqchilik (11 foiz) bor.
Trampdan tashqari AQSH prezidentligi lavozimiga Respublikachilar partiyasidan Massachusets shtatining sobiq gubernatori 73 yoshli Uilyam Ueld daʼvogarlik qilmoqda. AQSH Demokratik partiyasidan 20 dan ortiq siyosatchi boʻlajak prezidentlik poygasida ishtirok etish niyatini bildirdi. Ular orasida - Vermont shtatidan senator Berni Sanders, AQSH sobiq vitse-prezidenti Djo Bayden va Nyu-Yorkning amaldagi meri Bill de Blazio bor.