Tramp ikkinchi muddatga qolishdan umidini uzmayapti
AQSH Prezidenti Donald Tramp saylov natijalariga ko‘ra yutqazganiga qaramay, ikkinchi muddatga qolishdan umidi borligini ta’kidlagan.
"Ko‘ramiz, keyingi ma’muriyat qanday bo‘larkan, chunki biz asosiy shtatlarda g‘alabaga erishganmiz, – degan Tramp Oq uydagi matbuot anjumanida.
AQSHdagi prezidentlik saylovi yakunlariga ko‘ra qariyb barcha shtatda Jo Baydenning g‘alabasi tasdiqlangan. U saylovchilarning 306 ta ovozini oldi, Trampda esa 232 ta ovoz. Trampning advokatlari qator shtatlarda ovoz berish natijalarini qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda, biroq hozircha bu muvaffaqiyatsiz.
Saylovchilar 14 dekabrda qayta ovoz beradi, kongress esa ovoz berish yakunlarini 2021 yil 6 yanvarda tasdiqlaydi.