Tramp agar demokratlar ğalaba qozonsa, özini "Janob Veto” deb ataşlarini söramoqda
AQŞ Prezidenti Donald Tramp CBS telekanaliga bergan intervyusida, agar Demokratik partiya oraliq saylovda ğalabaga erişsa, ularning qonunçilik taşabbuslariga veto qöyişini taʼkidladi.
– Menda asosiy kuç bor – veto, – dedi u, agar demokratlar Kongressni nazoratga olsa, özi qanday yöl tutişi mumkinligi haqidagi savolga javoban.
Şuningdek, Oq uy egasi “Janob Veto” laqabi öziga juda mosligi, bu uning Demokratik partiya qonunçilik taşabbuslariga qarşi çiqişga tayyorligini aks ettirişini taʼkidladi.
Şu bilan birga Tramp Respublikaçilar partiyasida ğalaba uçun yaxşi imkoniyat borligi, har qanday holatda ham uning tarafdorlari saylov natijasidan uyalmasligi kerakligi haqidagi fikrni bildirdi.
Yetakçi aniq başoratdan tiyilib, ovoz beriş köpinça kutilmagan natijaga olib kelişini taʼkidlagan.
Kongressga oraliq saylov natijasi “Respublikaçilar har ikki palatada köpçilikni saqlab qola oladimi yoki yöqmi? degan savolga oydinlik kiritadi. Vakillar palatasida saylovçilar Kongressning barça 435 aʼzosini, Senatda esa 100 qonun çiqaruvçidan 35 nafarini saylaydi.
Demokratlar köpçilik uçun zarur 218 örinli çegaraga erişiş uçun quyi palatadagi vakilliklarini hozirgi 214 örindan atigi törttaga oşirişi kerak.
Yuqori palatada respublikaçilar nazoratni saqlab qoliş uçun 3 örindan köp bölmagan miqdorda yöqotişi mumkin.
S.Rahimov, ÖzA