Toshkentda zamonaviy kutubxona ochildi
Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 53V manzilida kitob mutolaasi, ta’lim va ijod uchun zamonaviy muhit yaratishga qaratilgan yangi maskanlardan biri — Yourganizer kitob do‘koni o‘z faoliyatini boshladi.
Aholi va yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida bunyod etilgan zamonaviy va bepul kutubxona уч qavatli bo‘lib, bu yerda turli yo‘nalishdagi adabiyotlar, jumladan, xorijiy tillardagi kitoblarni ham topish mumkin.

Shuningdek, bu yerda tashrif buyuruvchilar kitoblar bilan tanishishi va xarid qilishi, sokin va qulay muhitda mutolaa qilishi, o‘qish, ta’lim va ijod uchun zarur kanselyariya mahsulotlarini xarid qilishi mumkin.
G.Boboyeva, O‘zA