Toshkentda xalqaro konferensiya boshlandi
Har 10 yilda bir marta o‘tkaziladigan anjuman oldi tadbirlari boshlandi.

Xabaringiz bor, ertaga poytaxtimizda YUNESKOning Kichik yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik qilish va ta’lim berish bo‘yicha II Jahon konferensiyasiga start beriladi.

Toshkentdagi Hilton mehmonxonasida mazkur anjuman oldi tadbirlari boshlandi. Ayni paytda bu yerda Nodavlat tashkilotlar forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Shuningdek, bugungi dasturdan Fuqarolik jamiyati tashkilotlari forumlari, innovatsiya va yoshlarni jalb qilish hamda yosh ota-onalar uchun inklyuzivlik, sifat va farovonlik mavzularida Yoshlar forumi, Yunesko xodimlarining majlisi o‘rin olgan. Kunning ikkinchi yarmida #wearethechildren fotoko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur nufuzli anjumanda 150 ga yaqin davlatdan vakillar ishtirok etishi kutilyapti. Forum 14-16 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Mohigul Qosimova,
Nosir Haydarov (surat), O‘zA