Toshkentda suzish bo‘yicha jahon kubogi bosqichi musobaqalari o‘tkaziladi
Joriy yilning 8-10-oktabr kunlari poytaxtimiz «World Aquatics» federatsiyasining 2026-yilgi musobaqalar taqvimiga kiritilgan va suzish bo‘yicha «Ipak yo‘li» turining bir qismi hisoblangan jahon kubogi bosqichiga mezbonlik qiladi.
Ta’kidlash joizki, suv sportining ushbu yo‘nalishida bunday nufuzli musobaqa mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilmoqda.
Turnir murabbiylar va sportchilar uchun joriy yil dekabr oyida Pekin shahrida o‘tadigan 25 metrlik suv havzasida suzish bo‘yicha jahon chempionati oldidan so‘nggi tayyorgarlik va imkoniyatlarni sinovdan o‘tkazish vazifasini o‘tashi bilan ahamiyatli sanaladi.
Nufuzli musobaqada Amerika, Yevropa, Osiyo va Afrika qit’alaridan 400 nafardan ziyod sportchi, murabbiy va hakamlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Ushbu musobaqa O‘zbekiston suv sportining xalqaro nufuzini yanada oshirish barobarida, sportchilarimiz jahonning eng kuchli suzuvchilari bilan bir maydonda raqobatlashib, tajriba orttirishlariga xizmat qiladi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA