Toshkentda oliy ta’lim sifati va bitiruvchilar bandligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazildi(+video)
Bugun, 14-avgust kuni oliy ta’lim dasturlari sifatini oshirish, raqamlashtirish va bitiruvchilar bandligini ta’minlashga qaratilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston va 6 ta xorijiy davlat (Xitoy, Avstriya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Malayziya, Buyuk Britaniya) ekspertlari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Anjumanda ta’limni mehnat bozori talablariga moslashtirish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish, talabalarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va «Kelajakka qadam» dasturi orqali bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida mehmonlar Xalqaro islom sivilizatsiyasi markaziga, 15-avgust kuni esa Samarqand shahriga tashrif buyurishadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/7H6dT2-5qCw" title="Toshkentda oliy taʼlim sifati va bitiruvchilar bandligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Doniyor Yakubov, Salimjon Obidjonov, O‘zA