Toshkentda Markaziy Osiyoda iqlim inqirozi muhokama qilinmoqda(+video)
Muzliklar erishi va suv tanqisligiga qarshi birgalikda yechim izlanmoqda. Global haroratning ko‘tarilishi va muzliklarning erishi bugun barchamizga daxldor masalaga aylangani bugun mintaqa olimlarini havotirga solmoqda. Ayniqsa, suvining 80%i qo‘shni davlatlardan keladigan O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun suv resurslarini asrash va iqlim o‘zgarishiga moslashish hayotiy zaruratdir.
Ayni kunlarda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, UNESSO, BMT, MAGATE hamda xorijiy OTMlar hamkorligida mazkur mintaqaviy iqlim muammolariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Ziyovuddin Nuriddinov, Doniyor Yakubov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA