Toshkentda dori vositalari narxi oshdimi?
Toʻrt oydan oshdiki, koronavirus infeksiyasi keltirib chiqargan pandemiya sharoitida yashamoqdamiz.
Toʻrt oydan oshdiki, koronavirus infeksiyasi keltirib chiqargan pandemiya sharoitida yashamoqdamiz. Oʻtgan vaqt mobaynida Oʻzbekiston sharoitida pandemiyadan aholining sogʻligʻini ehtiyot qilish hamda turmush tarzi ogʻirlashishining oldini olish maqsadida aniq chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Shu kunlarga kelib aholining ushbu kasallikni yuqtirib olish holati keskin oshib ketmoqda. Bu esa barchamizni, xususan, xalq vakillari boʻlgan deputatlardan ham faol harakat qilishni talab etmoqda. Aholi orasida toʻgʻri tashviqotni yoʻlga qoʻyish, har bir fuqaroning oʻzini-oʻzi himoya qilishiga oʻtishini tushuntirish, dori-darmon va zarur oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining asossiz oshib ketishiga yoʻl qoʻymagan holda, deputatlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarur boʻlmoqda.
Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan pensionerlar, imkoniyati cheklanganlar, yolgʻiz yashovchi va koʻp bolalari oilalar ogʻir sharoitga tushib qolishining oldini olish zarur.
Agar Toshkent shahar miqyosida pandemiyaga qarshi olib borilayotgan choralarni koʻradigan boʻlsak, soʻnggi kunlarda garchi kasalliklarning soni oshib borsada, ularga yordam koʻrsatish borasida ishlar tizimlashtirildi. Xususan, davlatimiz rahbarining koʻrsatmasi bilan aholi salomatligini himoya qilish maqsadida poytaxtimizning barcha tibbiyot boʻlimlari 24 soatlik ish rejimiga oʻtkazildi. Unda aholiga qulaylik yaratish va tezkor choralarni koʻrish maqsadida qisqa raqamli Call-markazlar ishga tushirilib, kasallanganlarga hamda uy sharoitida davolanayotganlarga maslahatlar bermoqda.
Buni birgina Yunusobod tumanidagi 50-oilaviy poliklinika misolida koʻrsak, kunlik telefon raqamlar orqali 1000 dan ortiq, fuqarolar bilan suhbatlar tashkil etilmoqda. Ularga amaliy yordam berilmoqda. Har bir tibbiyot muassasasida uy sharoitida davolanayotganlar uchun zarur boʻlgan oʻnga yaqin turdagi dorilar bepul tarqatilmoqda. Shuningdek, tibbiyot muassasalarida birinchi tibbiyot yordam koʻrsatish markazlari ishga tushirilgan boʻlib, oʻzining natijasini bermoqda.
Soʻnggi vaqtlarda aholi tomonidan dorilarning narxlari keskin oshib ketishi va taqchilligi koʻp muhokama qilinyapti. Shu borada deputatlik nazorati olib borilganda, poytaxtimizning Yunusobod, Mirzo Ulugʻbek, Mirobod tumanlarida joylashgan bir qator dorixonalar faoliyati oʻrganildi. Deputatlarning joylardagi oʻrganishlaridan shu narsa maʼlum boʻldiki, haqiqatdan ham shu kunlarda dorilarning narxlaridagi oʻsish sezilarli darajada boʻlmoqda.
Ikkinchi tomondan aholi uchun, xususan, bemorlarga zarur boʻlgan koʻplab dorilar shu kunlarda sotuvda topilmayapti. Asosan Geparin, Kleksan, Plakvenil kabi dorilari bir oydan buyon sotuvda mavjud emasligi maʼlum boʻldi. Barchaga maʼlumki, yurak xastaligi bor fuqarolarimiz koronavirusni yuqtirib olsa, ogʻir kechayotganiga guvoh boʻlmoqdamiz. Shunday ekan, qisqa vaqt ichida ushbu dorilarni bemorlarga yetkazib berish borasida choralar koʻrish zarur.
Yana tahlillarni davom ettiradigan boʻlsak, poytaxtimiz dorixonalarida Vitamin D, Sink, Arbidol kabi dorilar boʻyicha ham taqchillik mavjud, bu holatning ham oldini olish lozim.
Dorixonalarda sotilayotgan dorilarning narxlari oʻzaro solishtirilganda, farqi sezilayotgan holatlar boʻlyapti. Buning oldini olish uchun taklifimiz: farmatsevtika sohasiga masʼul idoralar tezkorlik bilan dorilarning sotuvi va yetarliligiga boʻyicha ish olib borishi zarur. Xususan, tizimga axborot texnologiyalarini keng joriy etish, mobil ilovalar orqali qidirishni yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish zaruriyati mavjud. Shunda poytaxt aholisi uyida turgan holda, dorilarning mavjudligi va narxlaridan xabardor boʻladi. Bu esa ortiqcha ovaragarchilikning oldini olib, narxlar ustidan jamoatchilikning nazoratini kuchaytiradi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga Oʻzbekiston XDPdan saylangan deputatlarimiz reja asosida poytaxt dorixonalarida yuzaga kelayotgan muammolar boʻyicha deputatlik nazoratini davom ettiradi.
Oʻzingizni, yaqinlaringizni asrang. Barchangizning sogʻligʻingiz biz uchun muhim.

Nigora ESHMETOVA,
Oʻzbekiston XDP Toshkent shahar kengashi raisi,
xalq deputatlari shahar Kengashidagi deputatlik guruhi rahbari