"Toshkent yozi" reyting turniri davom etmoqda
FOTOREPORTAJ
Avval xabar berilganidek, poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida an’anaviy “Toshkent yozi” reyting turniri davom etmoqda.
6 tur yakunlariga ko‘ra, Abdulaziz Qurbonov olti imkoniyatdan 5,5 ochko olgan holda “A” guruhida yetakchilik qilmoqda. Komiljon Azizov, Akbarali Abduhakimov, Aleksandr Adishev, Oqjol Rahmatullayev, Behruz Umarov, Sherali Ravshanov, Alisher Umurzoqov, Jahongir Marinboyev esa 5 ochkodan jamg‘ara olishdi. Qizlar orasida Ozoda Shahzodova 4 ochko bilan guruhda yetakchi bo‘lib turibdi.
[gallery-7505]
“B” guruhida Alan Isayev, E’zozbek Mahmudov, Biloliddin Obidov 5,5 ochkodan o‘z hisoblariga yozib qo‘ygan. Qizlar o‘rtasida esa 5 ochko bilan Nilufar Mahmudova peshqadamlik qilmoqda. Guruhda peshqadamlik uchun dona surayotgan Shavkat Abduholiqov, Shahzod Toshtemirov, Bunyod Sobirjonov, Faxriddin Qilichev, Rasul Salimov, Munazzam Sotvoldiyev, Suhrobbek Yusupov, Diyorbek Husanov hisobida ham 5 ochkodan bor.
“Toshkent yozi” turnirining g‘olib va sovrindorlari 11 iyun kuni ma’lum bo‘ladi.
Muhammad AMIN, O‘zA