Toshkent xalqaro stol tennisi turnirlariga mezbonlik qilmoqda
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizda Butunjahon stol tennisi tashkiloti (WTT) shafeligida o‘tkazilgan nufuzli «WTT Youth Contender» turniri o‘z yakuniga yetdi.
Musobaqada dunyoning 21 davlatidan 500 nafarga yaqin yosh sportchi g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Bellashuvlar U11, U13, U15, U17 va U19 yosh toifalari bo‘yicha tashkil etildi.
[gallery-30524]
«Olimpiya shaharchasi» majmuasida yoshlar o‘rtasidagi bahslar muvaffaqiyatli yakunlanganidan so‘ng poytaxt yana bir yirik xalqaro musobaqaga mezbonlik qiladi.
Joriy yilning 24–28-iyul kunlari ushbu majmuada kattalar o‘rtasidagi «WTT Feeder» turniri bo‘lib o‘tadi. Unda 18 davlatdan 160 nafardan ortiq professional stol tennischisi ishtirok etishi kutilmoqda.
Mazkur xalqaro musobaqalar mamlakatimizda stol tennisini ommalashtirish, yosh sportchilarning xalqaro tajribasini boyitish hamda O‘zbekistonning xalqaro sport maydonidagi nufuzini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA