Toshkent va Samarqandda koronavirus infeksiyasiga chalingan 79 nafar bemor sogʻaydi
Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasida tuzalganlarning 43 nafari erkak, 16 nafari ayol boʻlib, yoshi kattasi 64 yoshda, kichigi esa 2019-yil tugʻilgan.
Shu soatlarda poytaxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasida yana 59 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 5 nafar, Samarqand viloyatida esa 15 nafar, jami 79 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻaydi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasida tuzalganlarning 43 nafari erkak, 16 nafari ayol boʻlib, yoshi kattasi 64 yoshda, kichigi esa 2019-yil tugʻilgan. Hududlar kesimida oladigan boʻlsak, Toshkent shahridan 15 nafar, Namangan viloyatidan 10 nafar, Toshkent viloyatidan 9 nafar, Samarqand viloyatidan 5 nafar, Buxoro va Surxondaryo viloyatlaridan 4 nafardan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Fargʻona viloyatidan 3 nafardan, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlari va Tojikiston Respublikasidan 2 nafardan.
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning barchasi erkak boʻlib, yoshi kattasi 37 yoshda, yoshi kichigi 16 yoshda. Hududlar kesimida oladigan boʻlsak, Toshkent shahridan 3 nafar, Fargʻona viloyatidan 2 nafar.
Endilikda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan sogʻayganlar soni 1854 nafarga yetdi.
Samarqand viloyatida tuzalganlar barchasi ushbu viloyatdan (Samarqand shahri va Payariq tumanidan 4 nafardan, Toyloq va Samarqand tumanlaridan 2 nafardan, Ishtixon, Urgut va Pastdargʻom tumanlaridan 1 nafardan). Ularning 9 nafari erkak, 6 nafari ayol boʻlib, yoshi kattasi 58 yoshda, kichigi esa 5 yoshda.
Endilikda viloyatda tuzalganlar 351 nafarga yetdi.
Hozirda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar soni 3837 nafarni tashkil etmoqda.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.